Winamp Logo
Uzbekonomics Cover
Uzbekonomics Profile

Uzbekonomics

Uzbek, Education, 1 season, 38 episodes, 1 day, 11 hours, 34 minutes
About
Botir Kobilov va Behzod Hoshimov iqtisod, jamiyat va ular atrofidagi boshqa mavzularda ushbu podkast doirasida suhbat olib boradilar.
Episode Artwork

38 - Yoʻllardagi oʻlimlar: Oʻzbekistonda avtohalokatlar kamayishi uchun jarimalar oshishi kerak.

Bu safardagi podkastimizda, afsuski doim dolzarb boʻlib turadigan mavzu — avtohalokatlar haqida gaplashdik. Asosiy mulohaza yoʻl qoidalariga rioya qilmaydigan insonlarni ragʻbatlari haqida edi. Yaʼni, qanday qilib yoʻllarda avtohalokatlar va haydovchilarni ragʻbatlari bogʻliqligi haqida. Aksar haydovchilar, yoʻl qoidalarini yaxshi bilishadi, lekin shunga qaramay sistematik ravishda buzib kelishadi. Demak muammo haydovchilar haydash guvohnomasini haydashni bilmasdan olishlarida emas, aksincha, bilib turib qoida buzishlarida. Muammo axborot yoʻqligida emas, amal yoʻqligida. Oddiy misol: qizil chiroqda yurmaslik, piyodalarni oʻtkazib yuborish, yoki 120 km/soat tezlikda shahar ichida yurmaslik kerakligini bilmaydigan haydovchi yoʻq. Lekin nima uchun, shunday qoidabuzarliklar juda koʻp va ularni natijasida minglab vatandoshlarimiz halok boʻlishmoqda. Bu fojialarni qanday kamaytirish mumkin? Shu haqida bu podkastda fikr almashdik. Tinglang, fikr bering va bu muhim mavzuga befarq boʻlmang. Chunki yoʻllardagi oʻlimlar, haqiqatdan fojiaviy darajada. Podkast yozilgan sana: 23 - Noyabr 2023
12/8/20231 hour, 19 minutes, 15 seconds
Episode Artwork

37 - Immigratsiya - inson kapitalini oshirishga rag’bat

Ushbu sonda, istalgan mamlakatdan malakali insonlar chet elga vaqtincha yoki butunlay chiqib ketishlari nima uchun meynstrimda ko'pincha aytilganidek o'sha mamlakat uchun qo'rqinchli darajada muammo emasligi haqida suhbatlashdik. Suhbat asosida yaqinda chiqqan tadqiqot va avvalgi tadqiqotlar bo'ldi. Mavjud tadqiqotlarda asosan malakali insonlar chiqib ketishini aynan o'sha malakali insonlarga yoki mezbon mamlakatlarga ta'sirlari ko'rsatilgan. Bugungi suhbatda biz uning kengroq - immigratsiya jozibadorligi insonlarda ilm, malaka va hunarlarni o'zlashtirishga rag'bat beradi va natijada mahalliy ishchi bozorda malakali insonlar ko'payadi degan fikr haqida gaplashdik.  Tadqiqot nomi: "The IT Boom and Other Unintended Consequences of Chasing the American Dream", by Gaurav Khanna and Nicolas Morales Podkast yozilgan sana: 16 — Oktyabr, 2023
11/7/20231 hour, 2 minutes, 43 seconds
Episode Artwork

36 - Prezident bilan uchrashuv taassurotlari

Maxsus son. Podkast yozilgan sana: 19 — Sentyabr, 2023
9/22/202332 minutes, 59 seconds
Episode Artwork

35 - Kapital bozor turlari: ommaviy va xususiy (public vs private markets)

Ushbu epizodda avvalgi suhbatimizni davom ettirib, kattaroq mavzu haqiga suhbatlashdik. Ya’ni, kapital bozorning ikki turi - ommaviy va xususiy bozorlar (public and private markets), ularning farqi, funksiyalari, ikkala bozordagi kapitalning tadbirkorlarlikka o'rni, investorlarning kutilmalari haqida suhbatlashdik. Podkast davomida kapital bozorning mamlakat iqtisodiy o'sishga ta’siri, va kapital bozor qanday sharoitlarda rivojlanishi haqida ham suhbatlashdik. Podkast yozilgan sana: 5 — Avgust, 2023
9/1/202356 minutes, 26 seconds
Episode Artwork

34 - Fond bozori, korxona aksiyasi narxi va ijtimoiy tarmoqlardagi maslahatchilar

Bugungi epizodimiz qimmatli qog'ozlar bozori haqida bo'ldi. Fundamental tushunchalar - fond bozorida korxona aksiyasi qanday shakllanishi va narxi nimalarga qarab tebranishi haqida suhbatlashdik. Bozorda muhim funksiyani bajaradigan izlanuvchi/tadqiqotchi moliyaviy jurnalistlar va "short-seller" haqida ham suhbatlashdik. So'ng, individual aksiyalarni sotib olish kerakmi, bunday qaror chiqarishda ijtimoiy tarmoqlardagi inflyuenserlar maslahatiga tayanish kerakmi degan savollar atrofida munozara qildik. Birimizning ilmiy tadiqotimiz ham aynan shu mavzularga oid. Aytgancha, biz podkastimizning to'rt yilligini nishonlayapmiz. Hammasi roppa-rosa to'rt yil oldin, avgust oyining boshlarida aynan shu binoda (Garvardda) boshlangan edi. Bugun aynan shu yerdan sizlar uchun yangi epizodni yozdik. 4 yil oldin biz faqat audio formatda va Telegramda boshlagan bo'lsak, keyin biz barcha audio platformalarda, hozir esa Youtubeda video formatdamiz. Shu davr mobaynida bizni tinglab va qo'llab-quvvatlab kelayotgan barchangizga minnatdorchilik bildirmoqchimiz. 
8/14/202359 minutes, 42 seconds
Episode Artwork

33 - Suv tanqisligi. Yechim bormi?

Podkastimizning ushbu epizodi suv haqida. Nafaqat O'zbekistonda balki mintaqamizda suv, ayniqsa ichimlik suv masalasi juda dolzarb bo'lib bormoqda. Asosan iqtisodiy nuqtai nazardan muammo va yechimlar atrofida suhbatlashib, suvning taqchilligi, yetqazish jarayoni va iste'moldagi isrofi, taqsimlash va narxlash siyosatlari haqida ham gaplashdik. Podkast olingan sana: 18 — Iyul, 2023
7/25/20231 hour, 28 minutes, 1 second
Episode Artwork

32 - To’qlikka- sho’xlik: Amerikadagi anti-amerikanizm haqida

Podkastimizning navbatdagi epizodida Amerikada hozirda biz kuzatayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy nazardan anti-amerikanizm sentimenti haqida suhbatlashdik. Bu fenomen ayniqsa texnologiyalar sohasida faoliyat olib boradigan va jamoatchilikda ko'zga ko'ringan tadbirkorlar va investorlarda kuzatilmoqda. Tashqaridagi anti-amerikanizm emas, aynan ichkaridagi anti-amerikanizmning sababi nima degan savol suhbatimizning markazida bo'ldi. Podkast olingan sana: 27 — Iyun, 2023 Podkastga yordam: https://www.buymeacoffee.com/uzbekonomics
7/5/202358 minutes, 29 seconds
Episode Artwork

31 - Bugungi kun bank inqirozlari

Podkastimizning navbatdagi epizodida banklardan pul qochishi sabablari, mohiyati va oqibatlari haqida suhbat qildik. Bunda regulyatorning o'rni, rag'batlar tizimi, va depozitlarni sug'urtalashning sabablari haqida ham gaplashdik. Suhbat davomida yaqinda inqirozga uchragan AQShdagi Silicon Valley Bank va First Republic Banklar voqealari, ularning hal bo'lishidagi federal hukumatning o'rni va kelajakdagi rag'batlar haqida ham to'xtalib o'tdik. Bundan tashqari, hozirgi davrda bank inqirozida ijtimoiy tarmoqlar, va depozitlarning mobilligi alohida o'rin egallashi haqida to'xtaldik. Aytgancha, bu yil Nobel sovrinini iqtisodchilar aynan shu mavzudagi tadqiqotlari uchun olgan edilar.
6/16/20231 hour, 12 minutes, 22 seconds
Episode Artwork

30 - Sun’iy intellekt va bashorat mashinalari

Podkastimizning navbatdagi epizodida sun’iy intellekt va bashorat mashinalari, ularning istiqbollari, iqtisodiyotga, mehnat bozoriga, tadbirkorlikka va jamiyat kundalik hayotiga ta’siri haqida suhbatlashdik. Shu bilan birga, sun’iy intellektning ba'zi salbiy ta’siri haqida ham suhbatlashdik. Ikkalamiz bu mavzuga alohida tayyorlanganligimiz sababli suhbat o’zimizga ham qiziq bo’ldi. Umid qilamizki sizga ham. Sun’iy intellekt sohasida jarayonlar tez ro’y berayotgani uchun bu keng mavzuga kelajakdagi epizodlarda albatta qaytamiz.
4/24/20231 hour, 28 minutes, 6 seconds
Episode Artwork

29 - To’ylarga xarajat qilishning iqtisodiy mantig’i

Bugungi epizodda to’ylarga xarajat qilishning iqtisodiy mantig’i haqida suhbatlashdik. To'y xarajatlari va boshqa hashamatli tovarlar va xizmatlarning iste'moli insonlarning jamiyatdagi o'z ijtimoiy-iqtisodiy mavqeilarini, pog'onadagi o'rinlarini ko'rsatishning bir usuli sifatida qaralishi mumkin.
1/17/202353 minutes, 33 seconds
Episode Artwork

28 - Qosh qo’yaman deb, ko’z chiqarmaylik

Bugungi epizodda qarorlarni niyati bilan emas, biz xohlamagan asoratlarini va oqibatlarini o’rganishimiz kerakligi haqida suhbatlashdik.
1/10/202355 minutes, 19 seconds
Episode Artwork

27 - Narrativlarning jamiyatni tashkil qilishda, inson xatti-harakatlarini tushuntirishda o’rni

Insonlar ishonadigan va dunyoni tushunish uchun foydalanadigan narrativlar (rivoyatlar, hikoyalar) ularning dunyoqarashiga va iqtisodiy xatti-harakatlariga bevosita ta'sir qiladi. Narrativlarga insonlar hissiy jihatdan jalb qilinadilar, va faktlarni tanqidiy baholash ehtimoli kamayadi. Bugungi dasturda narrativlar qanday paydo bo'ladi, qanday tarqaydi, bunda inson psixologiyasi qanday o'rin egallaydi va bu narrativ-hodisalar haqida qanday fikr yuritishimiz mumkinligi haqida bir qator misollar keltirib suhbatlashdik. Umid qilamizki sizga ham qiziq bo'ladi.
1/4/20231 hour, 35 seconds
Episode Artwork

26 - Fitna nazariyasi, ular qanday paydo bo’ladi, kimlar va nega ishonadilar?

Fitna nazariyasi o'zi nima? Ular qachon paydo bo'ladilar? Kim ularni tarqatadi va kimlar ularga ishonadi? Fitna nazariyalariga kim ishonishini qanday shaxsiy xususiyatlar tushuntirishi mumkin? Shu savollarga javob topish uchun avval o'zimiz mustaqil ravishda izlanib, o'qib ko'rdik va podkast doirasida topilmalarimiz bilan ulashdik, suhbatlashdik. Ba'zi savollar haligacha ochiq qoldi. Epizodda yangragan savollarga sizda javob bo'lsa, marhamat, izohlarda yozib qoldiring, albatta o'qiymiz!
11/23/202255 minutes, 19 seconds
Episode Artwork

25 - ”Narxni oshirish taqiqlansin!”

Hozirda butun dunyoda ba'zi tovar va mahsulotlarga talabning va narxlarning keskin oshishi, va inflyatsiya dolzarb masala bo'lib qolmoqda. Ushbu hafta mobaynida dunyoning turli chekkalarida shunday misollarni ko'rish mumkin bo'ldi: Kaliforniyadagi baland benzin narxlari va inflyatsiya bilan kurashish yo'lida inflyatsiyani yanada oshiradigan vositani, Belorusda narxlarni oshishiga qarshi buyruqni, Rossiyada bronejiletga bo'lgan talabning oshishi natijasida narx 1800%ga oshib ketganini va O'zbekistonda taksi/kvartira xizmatlariga bo'lgan talabning oshishini kuzatdik. Epizod shu misollar atrofida va umuman nima uchun markaziy banklar foiz stavkalarini oshirayotganlari, va u nima uchun davom ettirilishi mumkinligi haqida suhbatlashdik.
10/8/202248 minutes, 14 seconds
Episode Artwork

24 - Mamlakatlar boyiligi manbasi — insonlar

Ushbu epizodda hozirda dolzarb bo'lgan mavzu, inson kapitalining mamlakatlar rivojiga hissasi haqida suhbatlashdik. Suhbat davomida millati va pasportidan qat'iy nazar, turli toifa va malakaga ega bo'lgan immigrantlar, qochoqlarning mezbon mamlakatga, uning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga ta'siri haqida to'xtalib o'tdik. Immigrantlarning iqtisodiyotda qo'shimcha qiymat yarata olishi, fikrlar, bilimlar, va madaniyat xilma-xilligini mezbon mamlakatga olib kelishi haqida suhbatlashdik. Shu bilan birga, to'satdan ko'paygan migratsiya oqimining narxlar, fiskal siyosatga ko'rsatishi mumkin bo’lgan ta'sirlarga ham to'xtaldik. Podkast olingan sana: 27 — Sentyabr, 2022
9/28/20221 hour, 20 minutes, 43 seconds
Episode Artwork

23 - Tashabbusli byudjet, parlamentarizm, markazsizlashtirish va jazo muqarrarligi

Oxirgi haftalarda tashabbusli byudjet (Openbudget) haqida qarama-qarshi fikrlar paydo bo'lmoqda. Ayniqsa ovoz berish/yig'ish jarayoni haqida turli fikrlar mavjud. Bugungi epizodda soliqlar taqsimotida faol ishtirokning muhimligi, nima uchun ushbu loyiha va g'oya mamlakatda parlamentarizmni keyingi bosqichga olib chiqishi haqida suhbatlashdik. Bundan tashqari, markazsizlashtirish, jazo muqarrarligi haqida ham suhbatlashdik.
9/14/20221 hour, 8 minutes, 50 seconds
Episode Artwork

22 - Mustaqillik g’oyasi. Taʼlim kreditdan bankrotlik jarayonida nega voz kechish mumkin emas?

Epizod boshida mustaqillik haqida qisqa suhbatlashdik. Ayting-chi, siz uchun mustaqillik nimani anglatadi? Izohlarda yozib qoldiring. Bu safargi suhbatimiz Baydenning aholida yigʻilib qolgan talabalik kreditlarining maʼlum qismidan voz kechish haqidagi qarori, uning mohiyati, koʻlami, taʼsiri haqida boradi. Bu mavzu umuman imtiyozlar, byudjet, fiskal siyosat mavzulariga juda yaqin. Oʻzbekistondagi taʼlimga imtiyoz haqida ham biroz gaplashdik. Jazo muqarrarligi haqidagi mavzu haqida alohida epizodda gaplashamiz, vaqt yetmay qoldi, har doimgidek:)   Podkast olingan sana: 2 — Sentyabr, 2022
9/4/20221 hour, 9 minutes, 47 seconds
Episode Artwork

G’olib bo’lgan sportchilar, olimpiadachilar va boshqalarga davlat mukofot puli berishi kerakmi?

Bu safargi suhbatimiz ko’pchilik uchun tanish bo’lgan mavzu haqida. Istalgan xalqaro musobaqada qatnashadigan va g’olib bo’ladigan o'zbekistonliklar atrofida kun tartibiga chiqadigan asosiy mavzu bu g’oliblarga qanday sovrin berilishi. Suhbat siz ko’p marotaba eshitgan fiskal siyosat, davlat xarajatlari xususiy xarajatlarni siqib chiqarishi mumkinligi, va cheklangan resurslar taqsimoti mazvulari atrofida boradi.
8/20/202253 minutes, 29 seconds
Episode Artwork

20 - Tirbandlik narxi, sud hokimiyati mustaqilligi va inflyatsiyani jilovlash.

Bu epizoddan boshlab podkastimiz video formatda ham olib boriliadi. YouTubeda ko'rin va obuna bo’ling. Bugun, yo’llardagi tirbandlikning yechimi, sud hokimiyatining mustaqilligi naqadar muhimligi va AQShda inflyatsiya darajasini jilovlashga qaratilgan qonun aslida nimalarni o’z ichiga olganligi haqida suhbatlashdik.   Podkast olingan sana: 12 - Avgust, 2022
8/13/20221 hour, 23 minutes, 9 seconds
Episode Artwork

Oqibatlar bilan kurashish. Bank xizmatlari davlat xizmatlari emasligi haqida

Oqibatlar bilan kurashish, bank xizmatlari bu davlat xizmatlari emasligi, naqd pulga bo'lgan talab va boshqalar haqida
7/13/202239 minutes, 47 seconds
Episode Artwork

Kripto, inflyatsiya, futbolga chipta - bu hafta mavzulari

AQShda inflyatsiya, bozordagi axvol, bitkoyn, futbolga chipta narxlari haqida 23 iyunda yozilgan suhbat. Eslatma: podkastimizda bizga qiziq bo'lgan va hozirda aktual mavzular haqida erkin suhbatlashamiz.
6/23/20221 hour, 6 minutes, 13 seconds
Episode Artwork

Tugamaydigan mavzu: narxlarga aralashuv va boshqalar

May oyidagi oxirgi epizodimiz..
6/4/20221 hour, 8 minutes, 15 seconds
Episode Artwork

Energiya subsidiyasi haqida

5/17/202242 minutes, 54 seconds
Episode Artwork

May 3, 2022. Elon Musk, talabalarga kredit, import hisobi va Qo’qon haqida

Podkastimizning har bir epizodida endi dunyo va O'zbekistonda oxirgi hafta mobaynida dolzarb bo'lgan 2-3 ta mavzu haqida suhbatlashamiz. Bugun Twitterni Elon Musk tomonidan sotib olinishi, Yalpi ichki mahsulot va import haqida navbatdagi hatolar va AQShda talabalarga kreditlar haqida suhbatlashdik.  Epizod 3 May kuni yozildi.
5/4/202253 minutes, 36 seconds
Episode Artwork

Ukraina. Urush. Sanksiyalar. O’zbekistonga ta’sir.

Urush har doim yomon!  Bugungi epizodimizda Ukrainadagi urush, Rossiyaga sanksiyalar, O’zbekiston uchun qisqa-o’rta muddatda ularning ta’siri va bu o’z iqtisodiyotimiz manfaati uchun qanday turtki bo’lishi mumkinligi haqida suhbatlashdik.
3/1/202248 minutes, 22 seconds
Episode Artwork

Davlat xizmatlari sifati haqida.

2/19/202252 minutes
Episode Artwork

Nega yo‘llardagi avariyalarda juda ko’p odam vafot etmoqda?

Yo‘llardagi avariyalarning daxshatli raqamlari, yo'l harakati xavfsizligi (yana), o'limlar, sabab-oqibatlar, rag'batlar, sug'urta va piyodalar uchun eng rasvo infratuzilma haqida suhbat.
2/9/202238 minutes, 31 seconds
Episode Artwork

Rivojlanishdan avval shikastlangan ekologiya

O'zbekiston qanday qilib rivojlanishdan avval ekologiya, atrof-muhitga zarar yetkazishda "erishdi?" Daraxtlar, ko'llar va bo'glarning muhimligi haqida avvalroq gaplashgan bo'lsakda, oxirgi 2-3 kun mobaynida mamlakat chang-bo'ron oqibatlari bilan yashayotgan paytda ushbu mavzuga yana bir bor to'xtalishga qaror qildik.
11/6/202148 minutes, 14 seconds
Episode Artwork

Grin karta - raqamlar, sabab va oqibatlari haqida

Ushbu epizodda biz Grin karta, mehnatga layoqatli ishchi kuchining qancha qismi ketishga "moyil", uning sabab va oqibatlari haqida gaplashdik.
11/3/202134 minutes, 22 seconds
Episode Artwork

Avtomobillashtirish siyosati, yo'llarning kengayishining salbiq oqibatlari va asossiz o'limlar haqida

Agar to’rt oy ichida bir mamlakatda ikkita Boeing samolyoti falokatga uchrasa, necha hafta motam tutilar edi? Nega yo’llarni kengaytirish tirbandlikni qisqartirmaydi, balki aksincha ko’paytiradi? Yo’llarda va shaharsozlikda tartibga kelishida hokimlarning saylanishi muhimligi qanday? Shu va boshqa savollar haqida suhbat.
6/16/202157 minutes, 19 seconds
Episode Artwork

Fiskal siyosat va davlat xarajatlari

Podkastimizning navbatdagi epizodi fiskal siyosat va davlat xarajatlari hajmi haqida bo'ldi.
4/20/202149 minutes, 22 seconds
Episode Artwork

Xabar beruvchilar va hushtakni chalish haqida

Ingliz tilida bir so’z bor: whistleblower. Uni o’zbek tiliga xabar beruvchi deb tarjima qilinsa kerak. Yoki, ba’zilar ularni chaqimchilar deb yoki boshqacha ta’riflashadi. Behzod bilan podkastimizninig navbatdagi sonini aynan shu mavzuda qilishga qaror qildik. Suhbatimizni xabar beruvchilar, ularning iqtisodiyot va jamiyat uchun muhimligi, kundalik hayotda, xususiy va davlat sektorida nopok, firibgarlik faoliyatlarini aniqlash va fosh qilishda xabar beruvchilarning o’rni, rag’batlar va guvohlarni himoya qilish tizimlari kabi mavzularda gaplashdik.
4/14/202155 minutes, 44 seconds
Episode Artwork

Korrupsiya haqida

Korrupsiya, uning sabab, oqibatlari, yechimlari va hamda iqtisodiy taraqqiyot haqida suhbat. Mehmonimiz Nodir aka Zakirov huquqshunos, Jahon Banki Korruptsiyaga qarshi kurashish boshqarmasida tergovchi, Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo’yicha mutaxassis.
3/7/202151 minutes, 20 seconds
Episode Artwork

Davlatning ishtiroki va aralushivi aynan kerak bo'lgan holat

Biz davlatning iqtisodiy-ijtimoiy hayotda aralushivi haqida ko'p gapiramiz. Shunday soha borki, unda davlatning ishtiroki, aralashuvisiz natijaga erishib bo'lmaydi. Ushbu epizodda ijtimoiy tovar va xizmatlar, shu jumladan, toza havo, suv va shahar parklarini aholiga ta'minlashda haqida suhbatlashdik.
2/10/202138 minutes, 11 seconds
Episode Artwork

Bozor iqtisodiyoti va markaziy boshqaruv: vaktsina birinchi kimga tegishi kerak?

Ushbu epizodda bozor va buyruqbozlik iqtisodiyotlarii sharoitida Covidga test, vaktsina, byurokratiya haqida suhbatlashamiz. Shu bilan birga, fitna nazariyasi, u qayerdan chiqib kelishi mumkinligi haqida ham gap boradi. Obuna bo'ling, ulashing.
2/6/202141 minutes, 8 seconds
Episode Artwork

Podkast qaytmoqda: "Big tech", Facebook, Tramp va so'z erkinligi haqida

1.5 yarim yillik tanafusdan so'ng podkast qaytmoqda. Biroz yangiroq formatda, Botir Kobilov va Behzod Hoshimov birgalikda ma'lum bir aktual mavzu bo'yicha muntazam ravishda suhbat olib boradilar. Hozircha har hafta. Ushbu epizodda "big tech", Facebook ustidan sud ishi, ushbu sohadagi raqobat, Tramp va so'z erkinligi haqida gap boradi. Obuna bo’ling.
1/20/202150 minutes, 9 seconds